Xakimova

Toshkentda 2D kiprik uzaytirish

Bitta tabiiy kiprikingizga ikkita ingichka kiprik. Klassikadan zichroq, nigoh ifodaliroq, lekin hali ham tabiiy.

400 000soʻm

2 soatqabulda taxminan

Ishga nimalar kiradi

  • Uzunlik va egilishni koʻzingiz shakliga qarab tanlaymiz: ishda 7–14 mm gacha barcha uzunliklar va turli egilishlar bor. Kaltalari ichki burchakka, uzunlari tashqi tomonga qoʻyiladi.

  • Bir martalik choʻtka va applikatorlar — yangisini bankadan koʻz oldingizda olaman. Asboblarni har bir klientdan keyin qayta ishlov beraman.

  • Qoratosh 3a da alohida kabinet va reklayner kreslo: toʻliq yotish holatiga ochiladi, shuning uchun ikki soat qulay oʻtadi.

  • Hammasini oʻzim qilaman — uzunlik tanlashdan oxirgi kiprikkacha. Direktda kim javob bergan boʻlsa, oʻsha lashmaker ishlaydi.

Kimlarga mos keladi

Kundalik uchun eng koʻp tanlanadigan hajm: kipriklar borligi koʻrinadi, lekin haddan tashqari emas. Klassika kamtarona tuyulgan boʻlsa — ayni keyingi qadam.

Narx
400 000 soʻm
Vaqt
2 soat
Qayerda
Qoratosh, 3a
Yozilish

Koʻp beriladigan savollar

Uzaytirilgan kipriklar qancha vaqt saqlanadi?

1–2 oy. Qancha vaqt saqlanishi oʻz kipriklaringiz qanchalik tez yangilanishiga va ularga qanday qarashingizga bogʻliq: koʻzni ishqalash va yuzingizni yostiqqa bosib uxlash — kipriklarni tezroq yoʻqotishning eng oson yoʻli.

2D koʻzga tashlanadimi yoki hali tabiiymi?

Hali tabiiy. Klassikadan zichroq, nigoh ifodaliroq, lekin «suratdagidek» quyuq emas. Koʻrinishini xohlasangiz — 3D va mega obyomga qarang.

Korreksiya qanchalik tez-tez kerak?

Tabiiy kipriklar oʻsib chiqqani sari — odatda har 3–4 haftada bir marta. Toʻgʻri parvarish qilsangiz, uzoqroq saqlanadi.

Shu xizmatga yozilish

Kunni tanlang — aniq vaqtni oʻzim tasdiqlayman. Qaysi biri mos kelishiga ishonchingiz komil boʻlmasa, qanday effekt xohlayotganingizni yozing — tavsiya qilaman.

Qoʻngʻiroq qilish